Bank va moliya sohalariga oid o`zbek tilidagi forum

Iqtisod va moliya olamidagi yangiliklar. Islom banklari va islomiy moliyalashtirish. Sohaga oid atamalar va kitoblar, ularning keng qamrovli taxlili.

Faol ishtirok etib forumimizning doimiy a'zosiga aylaning
Qidir
 
 

Display results as :
 


Rechercher Advanced Search

Latest topics
» Bilim bulog'i
Thu Jan 03, 2013 5:55 pm by Admin

» Bilim bulog'i
Thu Jan 03, 2013 5:55 pm by Admin

» Iqtisodiyotimizda bo`layapti
Thu Jan 03, 2013 5:09 pm by Admin

» Risk Management in Islamic Finance
Thu Feb 02, 2012 10:44 pm by Admin

» Islamic Insurance
Thu Jan 26, 2012 5:56 pm by Admin

» Toshkent Moliya Instituti
Mon Feb 14, 2011 10:45 pm by Admin

» O`zbekiston Respublikasining bak tizimi
Thu Jun 24, 2010 5:47 pm by Admin

» KBI 80-81 2005-2009
Mon May 17, 2010 10:01 am by Admin

» Islom banklari va ularning faoliyati
Fri Apr 30, 2010 8:19 pm by Admin

Affiliates
free forum


You are not connected. Please login or register

Toshkent Moliya Instituti

Avvalgi mavzu Keyingi mavzu Go down  Matn [1-bet(1)]

1 Toshkent Moliya Instituti on Mon Feb 14, 2011 10:45 pm

Admin


Admin
[You must be registered and logged in to see this image.]

Mustaqillik yillari davomida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar bamisoli asrlarga tenglashib, mamlakatimiz qiyofasini, yurtimiz jamolini butunlay o'zgartirib yubordi. Siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotdagi islohotlar va yangilanishlar, tobora obod bo'lib borayotgan shahar va qishloqlar, yangi-yangi zamonaviy korxonalar, o'quv maskanlari, madaniy-maishiy inshootlar, ko'prik va yo'llar, bir so'z bilan aytganda, iqtisodiyotning tobora o'sib, mustahkam bo'layotganligining guvohi bo'lib turibmiz.

Iqtisodiyotning yuksalishiga, Toshkent moliya instituti etakchi professor-o'qituvchilaridan ta'lim olib, etuk mutaxassis bo'lib etishayotgan yoshlarning ham hissasi beqiyos. Ular o'zlarining institutda olgan bilimlarini vatanimiz ravnaqi yo'lida hormay-tolmay safarbar qilmoqdalar.

1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra Toshkent xalq xo'jaligi institutining Moliya-kredit va hisob - iqtisod fakultetlari bazasida Toshkent Moliya instituti tashkil etildi. Institut hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning ijrosini amalga oshira borib, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos moliya, bank, soliq, sug'urta, qimmatli qog'ozlar va fond birjasi, investitsion loyhalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda.

Institutda kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli uzluksiz tizimini ta'minlovchi modeli ishlab chiqilib, u o'z ichiga moliya, soliq litseylari, bank kolleji, bakalavriatura, magistratura, malaka oshirish instituti, aspirantura, doktorantura bosqichlarini qamrab olgan. Mutaxassis kadrlar tayyorlash modelini hayotga tadbiq qilish, ularni bugungi kun zamon talablari va jahon andozalariga mos bo'lishi uchun institutning 7 ta fakulteti tasarrufidagi 26 ta kafedrada 350 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, institut qoshida mutaxassislar va iqtisodchi pedagoglarning, eng avvalo kollejlar o'qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi yangidan tashkil qilingan. Institut kafedra va bo'limlarida 40 ga yaqin fan doktorlari va professorlar, 150 ga yaqin fan nomzodlari va dotsentlar mehnat qilmoqda.


Hozirgi kunda institut chet el turdosh universitetlari, elchixonalari bilan ilmiy-amaliy, o'quv-uslubiy hamkorlik o'rnatgan. Jumladan AQSh ning Texas Qishloq xo'jaligi va Mashinasozlik Universiteti, Yaponiya davlatining Ritsumeykan Trast, Osiyo Tinchokeani Universiteti, Angliya davlatining Sterling Universiteti, Rossiya Federatsiyasining Moskva Moliya Akademiyasi, Moskva Davlat Universiteti, S.V.Plexanov Nomli Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi, Sankt-peterburg Iqtisodiyot va Moliya Universiteti, Lomonosov nomli Davlat Universiteti, Belgiya davlatining Atervepen Universiteti, Germaniyaning Manxeym Texnologiya instituti, Gamburg Informatsion Texnologiya Universiteti, Passav Universiteti, Janubiy Koreyaning Xuz Universiteti, Yoju Texnologiya Instituti, CSM Kolleji (YoTIning Yangi Zelandiyadagi filiali), Vusong Xalqaro Solbrij Universiteti, Malayziya davlatining Mara Texnologiya Universiteti, Hindistonning Hindiston Moliya instituti, Misr davlatining Nero Biznes Inkubatori, Qirg'iziston Respublikasining Bishkek Bank-Moliya Akademiyasi, A.Botirov nomli Xalqlar do'stligi Universitetlari bilan o'zaro foydali shartnomalar asosida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Institut professor-o'qituvchilarining mazkur ta'lim muassasalari bilan stajirovka va malaka oshirishlari yo'lga qo'yilgan.

Institut o'quv jarayoniga bozor iqtisodiyotiga oid yangi fanlar kiritilgan va ular yangi pedagogik texnologiya asosida o'qitilishi tashkil qilingan. Xorijiy tillarni chuqurroq o'rgatishga, kompyuter texnikasidan foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. Darslik, o'quv qo'llanmalari yaratish reja asosida olib borilmoqda. Institut Axborot Resurs Markazi ta'limning zamonaviy talablari darajasida jihozlangan. Markazdagi keng kutubxona, texnik vositalar, multimedia va elektron ta'lim vositalari qulay sharoitni ta'minlaydi.. Ayni paytda o'quv jarayonida zamonaviy kompyuter sinflari, "Internet" tarmog'idan foydalanish va masofadan turib o'qitish ishlari samarali yo'lga qo'yilgan.


Institutda talabalarning madaniy dam olish, sport bilan shug'ullanish va yashashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, institutda "Ma'naviyat va ma'rifat" xonalari, "Moliyachi" sport-sog'lomlashtirish majmuasi hamda 3 ta zamon talabalari darajasida ta'mirlangan va jihozlangan talabalar turar joylari ishlab turibdi.

Ilm fan - taraqqiyot manbai, jamiyat rivojini olg'a siljituvchi kuchdir. Uning vazifasi, Yurtboshimiz aytganlaridek, kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratish, ertangi kunimizning yo'nalishlarini, qonuniyatlarini, uning qanday bo'lishini ko'rsatib berishdan iborat. Bugungi kunda institut olimlari "Bozor munosabatlarini tartibga solishning moliya-kredit mexanizmi" muammosi ustida ilmiy izlanish ishlarini olib borish bilan birga, O'zbekiston Respublikasi fan va texnika Davlat qo'mitasi fundamental tadqiqotlari sohasida muammolarni hal qilishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Jamoa o'tgan o'quv yillari mobaynida o'z zimmasiga olgan vazifalarni bajara borib, bank-moliya, soliq va sug'urta tizimida, kichik va o'rta biznes, tadbirkorlik sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlarga javoban institut infratuzilmasini rivojlantirish yo'lida anchagina samarali ishlarni amalga oshirdi.

Yangi asr bo'sag'asida biz demokratik fuqarolik jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirish uchun shaxdam qadam qo'ymoqdamiz. Bosgan qadamimiz qatiyatli va ishonchli bo'lishi uchun esa bizga o'z Vatanini sevadigan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlay oladigan zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar zarur. "Zamon talabiga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, - deb ta'kidlaydi, Prezidentimiz, - birinchi navbatda o'quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bo'lishi shart".

Ushbu talabdan kelib chiqqan holda institutning rivojlanish strategiyasi belgilab olingan. Ularga:

•bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlar bilan ishlashga jiddiy e'tibor berib, ularning etarli ma'lumot olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratish. Talabalarga o'qitilayotgan fanlar bo'yicha professor-o'qituvchilarni erkin tanlashga imkon berish;
•professor-o'qituvchilarning saviyasi va bilimini oshirishga barcha shart-sharoitlarni yaratish. Zero, ular o'z ustida ishlamasa, o'z sohasi bo'yicha rivojlangan mamlakat universitetlarining professorlari bilan tajriba almashmasa, albatta, bunday ahvol o'quv jarayoniga salbiy ta'sir qiladi;
•ta'lim avvalo darslikdan boshlanishini inobatga olib, uni yaratishga har bir soha vakillarini keng jalb qilish va talabalarni zamonaviy adabiyotlar bilan ta'minlashga erishish;
•institutning rivojlangan davlatlardagi oliy o'quv yurtlari bilan aloqasini yanada mustahkamlash. Aloqalarning o'zaro tengligini ta'minlash maqsadida institut maqomini xorijdagi oliy o'quv yurtlari maqomiga tenglashtirish, ya'ni institutga "akademiya" yoki "universitet" maqomi berilishiga erishish;
•institutda zamonaviy o'quv kompleksiga ega bo'lishi yo'lida nobyudjet mablag'larni ko'proq ishlab topishga, chet el capmoyalari, xalqaro donorli tashkilotlar va jamg'armalarning mablag'larini jalb etishga erishish, vasiylik va homiylik ishlarini yanada kengaytirish;
•ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada chuqurlashtirish. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tekshirish institutlarining ilmiy salohiyatidan kengroq foydalanish, Moliya vazirligi va uning joylardagi bo'limlari, Markaziy va tijorat banklar, soliq va sug'urta tashkilotlari, shuningdek, boshqa birlashmalar, korporatsiya, kompaniya va yirik korxonalar bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy, o'quv-uslubiy ishlarni rivojlantirishga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish kabilar kiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshira borib, belgilangan rejalarni ro'yobga chiqarish institut nufuzini, mavqeini yanada oshishiga, uning xalqaro maydon sari yanada dadil borishiga asos bo'ladi.

Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, mamlakatimizning bundan keyingi taraqqiyotiga ta'lim tizimini yangilamasdan, uni rivojlantirmasdan, ya'ni mustaqil jamiyatning yangi talablariga va yangicha o'lchovlariga to'la javob beradigan yangi fuqaroni shakllantirmasdan turib erishib bo'lmaydi. Buning uchun institutda faoliyat ko'rsatayotgan barcha rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlarning har biri shaxsan faol ishtiroki, bu sohaga qo'shayotgan shaxsiy ulushi haqidagi tuyg'u va maqsad bilan yashashi zarur. Zero, mustaqillik shaxsiy va jamiyatimiz manfaatlarini chinakam uyg'unlashuviga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Ta'lim tizimining har bir xodimi "Vatan men uchun nima berdi?" deb emas, balki "Men vatanga nima berdim?" degan ezgu fikr bilan, elim deb, yurtim deb yonib yashashlari kerak.

Shu zaminda yashayotgan har bir oila, ota-ona uchun, jamiyatimiz va davlatimiz uchun eng katta ishonch - tayanchimiz, suyanchimiz - o'sib kelayotgan yosh avlod, sevimli farzandlarimizdir.

Bizning bugungi eng buyuk vazifamiz va muqaddas burchimiz tarixdan o'zimizga munosib sahifa ochish va uni kelajagimiz uchun ibrat bo'lgulik olijanob va savobli ishlar bilan to'ldirish, jondan aziz bolalarimizga zamon talablari darajasida bilim berish, ularni haqiqiy vatanparvar va yurtparvar etib tarbiyalash, voyaga etkazish. Bizdan mangu qoladigan vatan shonu-shuhrati, qudrati va salohiyatining yuksalishi uchun o'zimizning fidoiy mehnatimiz bilan munosib hissa qo'shishdir!
Attachments
Logo.jpg
You don't have permission to download attachments.
(6 Kb) Downloaded 1 times

Foydalanuvchi profili http://iqtisod.uzbekforum.net

Avvalgi mavzu Keyingi mavzu Yuqoriga  Matn [1-bet(1)]

Permissions in this forum:
Bu forumdagi mavzularga javob bera olmaysiz