Bank va moliya sohalariga oid o`zbek tilidagi forum

Iqtisod va moliya olamidagi yangiliklar. Islom banklari va islomiy moliyalashtirish. Sohaga oid atamalar va kitoblar, ularning keng qamrovli taxlili.

Faol ishtirok etib forumimizning doimiy a'zosiga aylaning
Qidir
 
 

Display results as :
 


Rechercher Advanced Search

Latest topics
» Bilim bulog'i
Thu Jan 03, 2013 5:55 pm by Admin

» Bilim bulog'i
Thu Jan 03, 2013 5:55 pm by Admin

» Iqtisodiyotimizda bo`layapti
Thu Jan 03, 2013 5:09 pm by Admin

» Risk Management in Islamic Finance
Thu Feb 02, 2012 10:44 pm by Admin

» Islamic Insurance
Thu Jan 26, 2012 5:56 pm by Admin

» Toshkent Moliya Instituti
Mon Feb 14, 2011 10:45 pm by Admin

» O`zbekiston Respublikasining bak tizimi
Thu Jun 24, 2010 5:47 pm by Admin

» KBI 80-81 2005-2009
Mon May 17, 2010 10:01 am by Admin

» Islom banklari va ularning faoliyati
Fri Apr 30, 2010 8:19 pm by Admin

Affiliates
free forum


You are not connected. Please login or register

Forumdan foydalanish qoidalari

Avvalgi mavzu Keyingi mavzu Go down  Matn [1-bet(1)]

1 Forumdan foydalanish qoidalari on Mon Apr 26, 2010 1:27 am

Admin


Admin
Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan

Shiorimiz: Hammamiz uchun eng maqbul yo`lni topish va iqtisodiy ilmlarimizni yuqori darajaga chiqarish.

Umumiy qoidalar

1. Iqtisodiyot va islomda iqtisod asoslarini keng, ommabop taxlil qilishni forum o‘ziga asos qilib olgan. Forumimiz ilmiy asosga ega, butun dunyodagi insoniyat tarixida qo`lga kiritilgan bilimlarning taxlili natijasida erishilgan yutuqlar va kamchiliklarni chuqur izlanishlar natijasida taxlil qilgan holda, Vatanimiz uchun eng yaxshi fikrlarni tanlashga intilish.
2. Forum ishtirokchilaridan bir birlari bilan bo‘lgan suhbat davomida, bir-birlariga isbot qilishlari, o‘zaro taxliliy yondashish qilish davomida Butuninsoniyat hususan milliy odob axloq me'yorlarimizga amal qilishlari talab qilinadi.
3. Bu forumda barcha millat, elat, irq, jins va sinf vakillari ishtirok etishlari mumkin.
4. Forumda ishtirok etish jarayonida va barcha muhokamalar paytida namunali xulq va til nafosatini saqlash.
5. Forumning ba’zi bo‘limlarini faqat ro‘yxatdan o‘tgan a’zolargina ko‘ra oladilar, ba’zilarini esa ro‘yxatdan o‘tmasdan, mehmon sifatida kuzatishlari mumkin.
6. Shaxsiy ma’lumotlar xonasida o‘zingiz haqingizda ma’lumot qoldirish tavsiya qilinadi:

a) O’z jinsingizni to‘g‘ri ko‘rsating (yoki hech narsa ko‘rsatmang).
b) Siz o‘zingizni haqiqiy ismingiz yoki taxallusingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
v) Siz o‘z elektron pochtangizni ishlayotganini, shuningdek iqtisod.uzbekforum.net dan jo‘natilayotgan xabarlar yetib borayotganini muntazam ravishda tekshirib turishingiz kerak va parolni unutsangiz, email yordamida uni qayta olishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tayotganingizda qalbaki email manzillardan foydalanmang, aks holda xabarlar sizga yetib bormaydi.
g) Ro‘yxatdan o‘tayotganingizda iloji boricha to‘g‘ri ma’lumot berishingiz kerak.

7. Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Forum egalari bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomini o‘chirib tashlaydilar va imkon boricha chora ko‘radilar.

Asosiy qoidalar

1. Bu Iqtisodiy, Islomiy iqtisod mavzulariga ega Forumdir, shu sababli Islom hurmat qilinishi shart, olimlar va bir biringizni haqoratlash va behayo so‘zlarni ishlatish man etiladi!
2. Ekstimistik, buzg'unchilik va bid’atlarga yetaklovchi g‘oyalarni targ‘ib qilish man qilianadi.
3. Tuhmat, bo‘hton, g‘iybat, kamsitish, pornografik, tahqirlovchi, qo‘rqituvchi va tahdid soluvchi mulohazalar qabul qilinmaydi. O’zini shu asnoda tutadigan ishtirokchilar mulohazalari o‘chiriladi va va kelajakda forumda qatnashish huquqidan mahrum qilinadi, boshqa ism(nik) bilan qatnashmasligini ta’minlashga harakat qilinadi.
4. Noaqliy, zararli, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, mazax qiluvchi, biror shaxsni maxfiyligiga tahdid soluvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi,fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish man etiladi.
5. Biz faol va madaniyatli muhokama va bahslarni qo‘llab quvvatlaymiz, shunga qaramay, ba’zi sabablarga ko‘ra, munozarani chegaralash va bekitish huquqi o‘zimizda qoladi.
6. Ba’zi narsalarni takror-takror har xil bo‘limlarda post qilmang, ular o‘chirib tashlanadi. Forumga o‘qish qiyin (yoki zerikarli) bo‘lgan hamda juda uzun ma’lumotlarni post qilmang.
7. Nomlar, avatar, xabarlar, imzolar Islomiy jihatdan yaxshi bo‘lmagan va milliy an'anarimizni haqoratlovchi, ya'ni odobiga zid bo‘lgan narsalar o‘chiriladi.
8. Muhtasiblar foydalanuvchilarni ban qilishda qoidadan tashqariga chiqmaydilar.
13. Foydalanuvchilar haqida istalgan shaxsiy ma’lumot uning rozligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.

Post qilish qoidalari

1. Avval ko‘p muhokama qilingan mavzuni post qilmaslik uchun avvalgi postlarni o‘qib chiqish tavsiya qilinadi.
2. Forum «Izlash» imkoniyatiga ega – avvalgi muhokama qilingan mavzularni ko‘rish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning.
3. Islom odobi qoidalariga rioya qiling (bir biringizga xolis munosabatda bo‘ling) Iltimos, shuni yoddan chiqarmangki: sizning so‘zlaringizni ko‘plab muslim yoki muslim bo‘lmaganlar o‘qiydi.
4. Postlaringizni topshirishingizdan avval yaxshilab o‘ylab qayta o‘qib chiqing. Kerak bo‘lsa tahrir yoki o‘chirish imkoniyatidan foydalaning.
5. Shaxsiy haqorat va qo‘pollikdan ehtiyot bo‘ling.
6. O’zingizga tegishli bo‘lmagan narsaga aralashmang.
7. Hazil qilmoqchi bo‘lsangiz boshqalar noto‘g‘ri tushunib qolmasliklariga amin bo‘ling.
8. Post qilishingizdan yoki yangi mavzu ochishingizdan avval bo‘lim sharhini o‘qing, ya’ni mavzuga muvofiq bo‘limga post qiling.
9. A’zolar normal shriftdan foydalanishlari, smayliklarni, katta kichik, rangli tekstlarni haddan ortiq miqdorda ishlatmasliklari, shuningdek imlo qoidalariga e’tibor berishlari zarur.
10. Qarama qarshi jins vakillari bilan umumiy postlarda muomala qilganda, axloq-odob (islomiy)qoidalariga rioya qiling va faqat mavzu bo‘yicha suhbat qiling.
11. Ularga hech qanday hazil va mavzudan tashqari gaplar qilish mumkin emas, bunday postlar o‘chiriladi.
12. Forumdagi barcha fikr va mulohazalar ularning mualliflariga tegishlidir va faqat va faqat mualliflargina o‘z postlariga javobgardirlar; hech bir shart va sabablar bilan forum muhtasiblari post mualliflari fikrlari uchun mukallaf qilinishlari mumkin emas.
13. Xabar muallifining qarashlarini ifodalovchi xabarlar, forum qarashlariga mos kelmasligi mumkin. Postlarda qarshilikni sezgan foydalanuvchilar muhtasiblarga email yoki shaxsiy xabar orqali bog‘lanishlari yoki xabar haqida forumda arz qilishlari mumkin.
14. Agar o‘chirishni zarur deb topsak, imkon qadar tez vaqtda xabarni o‘chiramiz va yana forum qoidalariga qarshi bo‘lgan postlar imkon qadar o‘chiriladi.
15. Odamlar mavzu va masalalarni muhokama qilishda erkindirlar.
16. Muhtasiblar istalgan vaqtda postlarni tahrir/o‘chirish huquqiga egadirlar. Bu haqida ular kimlargadir yoki o‘chirilgan xabar mualliflariga xabar berishga majbur emaslar.
17. Biror bir ma’lumot yoki mavzuni yolg‘on ekanligini bilgan holda post qilmang.
18. Postlardagi har qanday ko‘rinishdagi noo'rin yoki nojo‘ya so‘z/iboralardan foydalanmaslik. Ular yulduzcha/chiziqcha yoki shunga o‘xshash belgilar bilan ifodalangan bo‘lsa ham, postni tahrir qilinishiga yoki butunlay o‘chirib yuborilishiga olib keladi.
19. Butun post matnida faqat katta harflarni ishlatish taqiqlanadi, lekin postdagi ba’zi so‘z yoki iboralarni ajratib ko‘rsatish, urg‘u berish uchun katta harflardan foydalanishingiz mumkin.
20. Avvaldan muhokama qilinayotgan masala uchun yangi mavzu ochmang, bir masala yuzasidan bitta mavzuda muhokama olib boring.
21. Spamning har qanday turi qat’iyan taqiqlanadi. Spamlar unga berilgan javoblar bilan birga o‘chirib tashlanadi. Bunga forumning bir yoki bir necha bo‘limlarida ayni mavzu/ma’lumotni qayta post qilish ham kiradi. Agar bunday munosabat bir foydalanuvchi tomonidan bir necha marotaba kuzatilsa, uning barcha postlari va unga berilgan javoblari bilan birgalikda hamma nusxasi o‘chiriladi.
22. Faqatgina "Rahmat", "Zo‘r fikr", "Qoyil" kabi va shunga o‘xshash mavzuga aloqali hech qanday qo‘shimcha fikr va mulohaza bermaydigan postlar ham spam hisoblanadi. Bunday munosabatlarni bildirish uchun shaxsiy maktublar xizmatida foydalanishingizni maslahat beramiz.
23. Mavzuga aloqasiz, har xil postlar qilish, munozaralar davomida hosil bo‘lgan savollarni javobsiz qoldirish ham spam hisoblanishi mumkin.
24. Forumda bir necha ismlardan foydalanib, bir emas balki boshqa-boshqa inson degan fikrni yuzaga keltirish, yolg‘onga hisoblanadi va bunday ishtirokchi ban qilinadi
25. O’zini boshqa birov deb tanitish yolg‘on deb hisoblanadi va bunday foydalanuvchilar forumdan haydaladi.
26. So‘kinish va haqoratomuz bo‘lgan foydalanuvchi nomlar (nik) va taxalluslar forumga kirishdan butunlay cheklanadi.
27. Agar ishtirokchilardan qaysi biri ushbu qoidalarga sovuqqonlik bilan qarayotgani sezilsa bir yoki ikki, ko‘pi bilan uch marotaba muhtasiblar tomonidan ogohlantiriladi, undan keyin forumdan chetlashtiriladi.
28. Forumda ishtirok etish yoki etmaslik sizning haqingizdir. Fikr va mulohazalaringizni ham erkin ifodalashlaringiz mumkin. Biz o‘zimizda forum qoidalariga zid postlarni hech qanday ogohlantirish va tushuntirishlarsiz o‘chirib tashlash huquqini saqlab qolamiz.
29. Forumda bir birlari bilan urishish-janjallashish man qilinadi.
30. Forumda ilmsiz holda va dalil isbotsiz: post qilish, boshqa olimlarning maqolalarini tahlil qilish man qilinadi. Ammo mashhur olimlarning maqolalarini manbasini ko‘rsatgan holda post qilish man qilinmaydi.
31. Forumdan kimnidir ban qilish (haydash) ikki muhtasibning taklifi bilan amalga oshiriladi.
32. Muhtasiblarga boshqa birodarlarga qarshi fahsh so‘zlarni ishlatish man etiladi.
33. Biror bir so‘z yoki gap avvalidan tashqari joylarda katta harflarni ishlatmang. Katta harflar boshqalarga «qattiq gapirish, baqirish» deb hisoblanadi.

Qayd

Ushbu qoidalar to‘liq emas va istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu qoidalarni muntazam ravishda ko‘rib turishingizni iltimos qilamiz.
(Yuqoridagi barcha shartlar manbasi - forum.islom.uz saytining shartlarini bir oz ushbu forumga mos yondashilgan xolda tahlil qilish bilan keltirildi.)



Admin tomonidan Thu Jan 03, 2013 10:30 am da o'zgartirilgan; jami 1 marta o'zgartirish kiritilgan

Foydalanuvchi profili http://iqtisod.uzbekforum.net

2 ПРАВИЛА ФОРУМА on Mon Apr 26, 2010 1:34 am

Admin


Admin
ПРАВИЛА ФОРУМА


Правила регистрации:

1. Ник не должен содержать матерных слов и адреса web-сайтов.

2. Запрещается Использование нескольких ников одним участником. Нарушители будут выявляться и блокироваться.


На форуме категорически ЗАПРЕЩАЕТСЯ:

1. Флуд (flood) - сообщения не содержащие полезной информации, два и более сообщения подряд от одного пользователя (используйте функцию редактирования).

2. Оффтоп (offtop) - разговор не по теме.

3. Матерные (мат во всех его проявлениях) и оскорбляющие высказывания в любой форме.

4. Создавать темы в неположенном для них месте.

5. Создавать одинаковые, похожие, бессмысленные темы (При создании новой темы давайте ей осмысленное название. Оно должно отражать суть вашего вопроса или сообщения).

6. Запрещается создание одинаковых тем в разных разделах - это будет расценено как флуд. Если вы ошиблись и создали тему не в том разделе, ни в коем случае не дублируйте ее в другом - это может быть расценено как флуд. Свяжитесь при помощи Частного письма с модераторами форума и объясните проблему - модераторы переместят вашу тему в нужный раздел.

7. Производство любых действий, препятствующих нормальной работе форума.

8. Реклама в любых её проявлениях (аватар, подпись, сообщения и т.д.)

9. Обсуждение вопросов, противоречащих законодательству.

10. Писать CAPSLOCKoм

и также не приветсвуется общение иностранным языком в несответствующей теме.


НАКАЗАНИЯ за несоблюдения правил:

1. За нарушения правил мы будем выдавать вам предупреждения и давать бан (закрытие доступа на форум) на несколько дней.

2. В случае неоднократного нарушения пользователем правил, администрация оставляет за собой право ужесточить наказание, вплоть до удаления учетной записи пользователя и закрытия ему доступа на форум навсегда.

Foydalanuvchi profili http://iqtisod.uzbekforum.net

Avvalgi mavzu Keyingi mavzu Yuqoriga  Matn [1-bet(1)]

Permissions in this forum:
Bu forumdagi mavzularga javob bera olmaysiz